Fransiya terma jamoasining ikki futbolchisi Shvetsiyaga qarshi JCH 1/16 final o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

29 iyun 2026, 11:25
Fransiya terma jamoasi a'zolari - hujumchi Markus Tyuram va yarim himoyachi Ngolo Kantening 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalidan o'rin olgan Shvetsiyaga qarshi uchrashuvdagi ishtiroki so'roq ostida qolmoqda

Bu haqda "L'Équipe" nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli forvard boldir mushagidan jarohat olgani sababli, katta ehtimol bilan Nyu-Yorkda shvedlarga qarshi kechadigan bahsni o'tkazib yuboradi. Takidlanishicha, u yakshanba, 28 iyun kuni jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashmagan va velotrenajyorda individual tarzda shug'ullangan. Shu bilan birga, tizzasidagi muammolar tufayli ikki kun davomida umumiy guruhda mashq qilmagan 35 yoshli yarim himoyachi Kante, ehtimol, Fransiya terma jamoasining o'yin qaydnomasiga kiritiladi.

Bundan oldin Fransiya terma jamoasi Norvegiya (4:1), Senegal (3:1) va Iroq (3:0) joy olgan guruhda birinchi o'rinni egallagan edi. Shvetsiya esa o'z kvartetida Tunisni tor-mor etib (5:1), Niderlandiyaga imkoniyatni boy bergan (1:5) va Yaponiya bilan durang o'ynagan (1:1) holda, uchinchi o'rin bilan JCH pley-off bosqichiga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Équipe