Xayrulla Karimov: "Chempionatni yaxshi kayfiyatda yakunlab, finalga ko'tarinki ruhda bormoqchi edik"

Narzulla Saydullayev
30 noya 2019
Coca Cola Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Buxoro" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar yordamchi murabbiyi Xayrulla Karimov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin kurashlarga boy tarzda kechdi. Har ikkala jamoa ochko zarur edi. "Buxoro" elitada qolish uchun kurashgan bo'lsa, bizga mavsumni kuchli oltilikka yakunlash imkoni bor edi. Shu boisdan faqat g'alabani ko'zlagandik. Shuningdek, chempionat doirasida mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlab, finalga ko'tarinki ruhda bormoqchi edik. Futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Mavsum uchun futbolchilarga rahmat aytamiz. Garchi chempionat tugagan bo'lsada, oldimizda final turibdi. Biz bilan doim birga bo'lib, har doim qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat. AGMK uchun mavsumning yakuniy qismiga aylanadigan finalga taraddud ko'ramiz", - deydi Xayrulla Karimov. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia