

"Li Kan In va Gonsalu Ramush ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lish uchun PSJdan ketishni rejalashtirmoqda. Madridning "Atletiko" klubi bir necha oydan beri har ikki futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda va boshqa variantlar ham paydo bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, Shevale bilan bog'liq vaziyatga ham e'tibor qaratish lozim", - deb yozdi Romano X ijtimoiy tarmog'ida.
Yarim himoyachi Li Kan In va hujumchi Gonsalu Ramush 2025/2026 yilgi mavsumda PSJ safida mos ravishda 39 va 45 ta o'yinda maydonga tushishgan. Ikkala futbolchi ham maydonda o'tkazilgan daqiqalar soni bo'yicha parijliklarning kuchli 15 taligiga kirmaydi. Shevale esa mavsumning ikkinchi yarmida asosiy tarkibdagi joyini Safonovga boy berib qo'ydi.



