

“Rostini aytsam, navbatdagi bosqichda kimga qarshi maydonga tushishimizning ahamiyati yo'q. Bu bosqichda tasodifiy jamoalar qolmadi, barchaning o'z kuchli taraflari bor.
Har bir klub o'z o'yini va mehnati evaziga Kubok bahslarini davom ettirmoqda va men ularning barini hurmat qilaman. Oson o'yin bo'lmaydi, oldindan 100 foizlik kafolatni ham hech kim berolmaydi”, – dedi G'ofurov.
Ma'lumot uchun, "Surxon" "G" guruhida 6 ochko to'plagan holda, to'plar farqiga ko'ra birinchi o'rin bilan nimchorak final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.



