JCHdagi yo'l xaritamizni kim tuzgan bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri?

Nadirkhuja Yuldashev
2 iyun 2026, 12:10
27 may kuni O'zbekiston MTJ Toshkent - Nyu York yo'nalishidagi reysda AQSHga qo'ngan. 14 soatli parvoz. U yerda 4 kun bo'lib, Kanadaning Edmonton shahriga uchgan.

Sport nuqtayi nazaridan olimlarning xulosasiga kelib chiqib quyidagi maqolani Sizlarga taqdim etamiz. 1 hafta ichida 3 xil ob-havo sharoitidagi iqlimga moslashish qanchalik bo'lishini olimlarning fikriga tayangan holda bayon qilamiz.

Organizm bir vaqtning o'zida bir nechta omilga moslashadi:

Vaqt zonasi - uyqu rejimi va biologik soat o'zgaradi.

Iqlim - harorat, namlik, shamol va quyosh nurlanishi darajasi.

Dengiz sathidan balandlik - kislorod miqdori va jismoniy yuklamaga ta’sir qiladi.

Ovqatlanish va suv tarkibi - organizm bularga ham moslashishi kerak bo'ladi.

Sport tibbiyoti mutaxassislariga ko'ra, futbolchilarda yangi mamlakat, iqlim va vaqt zonasiga to'liq moslashish muddati safar masofasi hamda sharoitlarga qarab bir necha kundan bir haftagacha davom etishi mumkin. Odatda:

1–3 soatlik vaqt farqi uchun 1–2 kun,

5–8 soatlik vaqt farqi uchun 3–7 kun,

katta vaqt farqlarida esa bir haftagacha moslashish davri talab qilinishi mumkin.

Guvohi bo'lganingizdek, biz Nyu-Yorkka moslashish jarayonini o'tkazayotgan bir paytimizda Shimolga qarab uchdik. Bizning sovuq qishimizni eslatib yuboradigan ob-havo sharoitida bugun futbol ham o'ynadik va biz bugun yana "Taym Skver"ga qaytamiz. Bu Yevropa ittifoqi emaski, bir davlatdan ikkinchi davlatga pasport nazoratisiz o'tish. Borishda ham, qaytishda ham o'ziga yarasha ovoragarchiliklar bo'lgan. Masalan Kongo DR futbolchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida Yevropani o'zida yig'ildi va keling Chatgpt yordamida O'zbekiston hamda Kongo DR ni 3 ta o'yinidan kelib chiqib o'yin bo'ladigan shaharlardagi iqlimlarga moslashishini taqqoslab chiqamiz.

uzb_ob_havo.jpg

Iyun oyidagi o'rtacha ob-havo sharoitlari bo'yicha taqqoslasak:

Futbolchilar uchun qaysi shahar eng qiyin?

1. Mexiko - eng murakkabi

Balandlik 2240 metr.

Havoda kislorod kamroq.

Charchoq tezroq keladi.

Moslashish uchun 5–10 kun kerak bo'lishi mumkin.

2. Atlanta

Harorat Toshkentga yaqin.

Ammo namlik ancha yuqori.

Terlash kuchayadi va organizm ko'proq suyuqlik yo'qotadi.

3. Nyu-York

Issiqlik unchalik yuqori emas.

Namlik sezilarli darajada yuqori.

Nafas olish va tiklanishga ta’sir qilishi mumkin.

4. Edmonton

Eng salqin shahar.

O'zbekistondan kelgan futbolchilar uchun issiqlik emas, salqin havoga moslashish muhim bo'ladi.

Qisqa xulosa

Eng issiq shahar: Toshkent

Eng salqin shahar: Edmonton

Eng nam shahar: Atlanta

Eng baland shahar: Mexiko

Futbolchilar uchun fiziologik jihatdan eng og'ir muhit: Mexiko Siti

Tuzilgan reja shuni ko'rsatdiki, biz Kolumbiya va Portugaliya terma jamoalariga qarshi o'yinlarni allaqachon boy berib bo'lganmiz va asosiy umid Atlantada Kongo DR terma jamoasini mag'lubiyatga uchratish. Lekin bu o'yindagi g'alaba ham guruhdan chiqish uchun kamlik qilishi mumkin, agar to'plar nisbati boshqa guruhlarga qaraganda “minus” bo'lsa.

Kolumbiya terma jamoasi Kongo DR va O'zbekistonga qarshi o'yinlarini Meksikada, Kolumbiya kabi deyarli bir xil bo'lgan muhitda o'tkazadi. Shuning uchun bu terma jamoani ortiqcha tahlil qilib o'tirmaymiz. Bosh murabbiy va O'FA vakillari biz uchun Atlanta, Atlantada Kongo DR dan ochko olish uchun eng qulay sharoitga ega bo'ladi degan fikr bilan lokaciyani tanladilar.

Reytingdan kelib chiqadigan bo'lsak Kongo DR Atlantani istaganida, FIFA reglamentiga ko'ra ular bu bazaga ega bo'lardilar. Biz faqat uchinchi o'yindan imkoniyat izlayotgan bir paytimiz, Kongo DR Portugaliya bilan o'yindan ham nimanidir istayotgandek. Ular birinchi turga tayyorgarlikni Xyustonda o'tkazadi va ularning bazasi ham aynan shu yerda. Keling Kongo DR uchun ularning davlatidan kelib chiqib ob havoga moslashish bo'yicha ma'lumotlarni beramiz.

Kongo.jpg

Xyuston nega tanlangan?

DR Kongo uchun Xyuston deyarli ideal variant hisoblanadi:

Harorat Kinshasaga yaqin (mamlakat poytaxti);

namlik darajasi ham o'xshash;

organizm uchun iqlim shoki kamroq bo'ladi;

futbolchilar terlash va tiklanish jarayonlariga allaqachon o'rgangan.

Shu sababli DR Kongoning AQSHda aynan Xyustonni baza qilib tanlashi sport fiziologiyasi nuqtayi nazaridan juda mantiqiy qaror hisoblanadi.

Atlanta bilan taqqoslash

Atlanta ham DR Kongo futbolchilari uchun qulay muhit:

- harorat deyarli bir xil;

- namlik yuqori;

- nafas olish sharoiti tanish;

- faqat vaqt zonasiga moslashish kerak bo'ladi.

Shuning uchun O'zbekistonga qarshi Atlantadagi ehtimoliy o'yinda DR Kongo iqlim jihatidan katta muammoga duch kelmaydi.

Gvadalaxara - asosiy chaqiriq

Gvadalaxara esa boshqacha muhit:

- havo quruqroq;

- balandlik 1560 metr;

- kislorod miqdori pastroq;

- yugurish va tiklanish ko'proq energiya talab qiladi.

DR Kongo uchun JCHdagi eng katta fiziologik moslashuv aynan Gvadalaxara bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Qisqa xulosa

Kinshasaga eng o'xshash shahar - Xyuston

Atlanta ham DR Kongo uchun qulay muhit

Eng katta farq - Gvadalaxara balandligi

DR Kongoning Xyustonni baza sifatida tanlashi iqlim nuqtayi nazaridan ustunlik berishi mumkin

Biz uch ochko uchun o'ynashimiz kerak bo'lgan Kongo DR ga qarshi o'yingacha bo'lgan ishlar afsuski afrikaliklar foydasiga.

Endi bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, MTJ futbolchilaridan bosimni olib tashlashimiz va Farruh Sayfievni gapirib rolik qilsam, rekka chiqaman degan hayolni yig'ishtirishimiz kerak. Bugun Kanadaga qarshi o'yin, asl kuchimizga baho berdi. Tepada yozgan maqoladagi vaziyatga jiddiyroq yondoshilganida, balki biz hozirgi holatimizdan yaxshiroq o'ynashimiz mumkin bo'lardi xolos. Bugun Kanada o'yinga o'rtoqlik o'yini sifatida qaradi va istaganicha o'yinchi almashtirdi. Biz esa natija uchun o'ynaganimiz ko'rindi. Qisqasi, yaxshi kayfiyatda qaytish nasib qilsin. Lekin yuqoridagi muammolar bo'lar ekan, faqat murabbiy va futbolchilarni o'zgarishi bilan biz bir kalla ustun bo'lib qolmaymiz. Ha aytganday, iyun oyida U-17 jamoasiga Qatarda o'quv-yig'in mashg'ulotini gaplashish uchun, futbolni qanday tushunish kerak bilmadim. Jamoalar futbolchilarni qo'yib yubormadi shekili, yig'in bekor bo'libdi deb eshitdim. 

Foto: O'FA matbuot xizmati


Nadirkhuja YuldashevMuallif