Qozog'istonlik ekspertlar: "Kanada va Niderlandiyaga qarshi o'yinlar O'zbekiston uchun repeticiya bo'lmoqda"

Iskandarov Abdulaziz
2 iyun 2026, 11:30
Jahon chempionati boshlanishi arafasida futbol jamoatchiligi va ekspertlarning turnirga oid taxminlari qiziq pallasiga kirmoqda.

Xususan, qo'shni Qozog'istonning taniqli sport jurnalistlari va futbol mutaxassislari ham O'zbekiston milliy terma jamoasining bo'lajak mundialdagi imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda.

Quyida qozog'istonlik ikki nafar yetakchi ekspertning "oq bo'rilar"ning JCHdagi imkoniyatlari, raqiblar va Fabio Kannavaro boshchiligidagi tayyorgarlik jarayoni haqida bildirgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Erbol Kairov ("Oqjetpes" FK direktori, sport jurnalisti):

"Menimcha, O'zbekistonning guruhdan chiqish uchun imkoniyatlari yaxshi. "K" guruhining yaqqol favoriti - Portugaliya. Shunga qaramay, O'zbekiston Kolumbiya va Kongo DR bilan bemalol kurasha oladi. Shuningdek, Kannavaro shogirdlarining hatto uchinchi o'rinni egallab bo'lsa ham pley-offga yo'l olish imkoniyati mavjud".

Alim Dinasilov ("ASnews.kz" portali bosh muharriri):

"O'zbekiston Jahon chempionatidagi eng qiyin guruhdan joy oldi. Portugaliyaliklar guruhda birinchi o'rinni egallashga harakat qilishi aniq. "Oq bo'rilar" esa Kolumbiya va Kongo DRga jiddiy qarshilik ko'rsata oladi.

Kannavaro jamoani yig'ishni nisbatan erta boshladi - ular darhol AQSHga uchib ketishdi va u yerda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda. Kanada va Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari bosh repeticiya vazifasini o'tab beradi. Agar vakillarimiz ushbu o'yinlarda munosib harakat qilishsa, bu ham ruhiy tomonlama, ham taktik ishlanmalar borasida katta “plyus” bo'ladi. O'zbekistonga mundialda omad tilayman!"

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia