"Real" Diomande uchun 125 million evro to'laydi, bonus – 15 milliongacha

Administrator
5 avg 2026, 22:48
Insayder Florian Plettenberg Yan Diomande "Real"ga yakunda qanchaga tushishini ma'lum qildi.

Sky Sport Deutschland jurnalistining xabariga ko'ra, madridliklar "Leyptsig" hujumchisini sotib olishga yaqin turibdi, faqatgina rasmiygarchilik va so'nggi detallarni hal qilish qolgan. Nemis klubi kafolatlangan tarzda 125 million evro oladi. Yana 10 million evro – real bonuslar, murakkabroq shartlarga ega to'lovlarni ham hisobga olgan holda "Leyptsig" umumiy hisobda 140 million evrogacha ishlab topishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: x.com/Plettigoal