"Leyptsig" Romanoning Diomandening "Real"ga o'tishi haqidagi insaydi fonida bayonot berdi

4 avg 2026, 09:30
"RB Leyptsig" bosh direktori Marsel Shefer jurnalist va insayder Fabricio Romanoning Kot-d'Ivuar terma jamoasi vingeri Yan Diomandening Madridning "Real" klubiga o'tishi bo'yicha kelishuv yakunlangani haqidagi bayonotini rad etdi.

"Shunisi aniqki, bir necha kun oldin transferlar bo'yicha bazi "mutaxassislar" kelishuv yakunlanganini takidlashdi. Bu shunchaki haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Biz hali bu bosqichda emasmiz", - dedi Shefer "Sky Sport" nashriga bergan intervyusida.

Diomande 2025 yildan beri "Leyptsig" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u 36 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 90 million evroni tashkil etadi. Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi yana to'rt yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport