Rasman: Diomande - “Real” futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
6 avg 2026, 19:07
"Real" va "Leyptsig" vinger Yan Diomande transferi bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.

“Real” va “Leyptsig” Yan Diomandening transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. 19 yoshli futbolchi bilan 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzildi”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq o'yinchi uchun 125+15 mln evro to'lanishi xabar qilingandi.

Diomande “Leyptsig” tarkibida 36 o'yinda 13 ta gol urgan va 10 ta golli pas uzatgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com