

- Hamma Ispaniya Messini jilovlash uchun nima qilishi bilan qiziqmoqda. Sizdan so'ramoqchiman, Argentina Lamin Yamalni to'xtatish uchun nima qiladi?
- Men Laminni o'z xonasiga qamab qo'yishni afzal ko'rgan bo'lardim (kuladi)!
Yamal - ajoyib futbolchi. Bu yigit - futbol uchun haqiqiy xazina. U hali juda yosh va bundan ham ko'prog'iga qodir. Lamin - kelajakda Ispaniyaga ko'plab quvonchli lahzalarni taqdim etadigan iqtidorli o'yinchi. Ammo bu yakshanba kuni sodir bo'lmasligiga umid qilamiz. U ham xuddi Leo kabi maydonda to'xtatib qolish juda mushkul bo'lgan futbolchilardan biridir, - dedi Skaloni matbuot anjumanida.



