Angliya klublari Sancho bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 19:35
Vinger Jeydon Sancho APLning kamida ikkita klubi bilan ehtimoliy transfer bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Shuningdek, so'nggi bir hafta ichida "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisiga yangi takliflar kelib tushdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi kunlarda Angliyaning ikki klubi 26 yoshli londonlik futbolchiga yangi taklif bilan chiqqan, ammo ularning nomlari hozircha oshkor qilinmayapti.

Futbolchi bilan Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA klublari ham aloqaga chiqqan. Bundan tashqari, Dortmundning "Borussiya" klubi tomonidan ham qiziqish borligi ma'lum.

Sancho hozirda erkin agent maqomida. Uning so'nggi jamoasi "Aston Villa" bo'lgandi.

Transfermarkt Angliya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi qiymatini 18 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk