Yamal Dembele uni "Oltin to'p"ga favorit deb hisoblamasligi haqida: "Men ularga qarshi o'ynaganimda g'alaba qozonganman”

Administrator
8 sen 2026, 21:25
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Usman Dembelening "Oltin to'p" favoritlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi da'vogarlar kuchli uchligiga Kilian Mbappe, Xarri Keyn va Xvicha Kvaratsxeliyani kiritgan edi.

– Dembele sizni hatto favoritlar uchligiga ham qo'ymabdi.

– U Kilianning do'sti, shundaymi? (kuladi). Rostini aytsam, menga farqi yo'q. Men o'tkazgan yilimdan juda mamnunman. Men ularning ikkalasiga qarshi o'ynaganimda g'alaba qozonganman.

Men Usman bilan yaxshi munosabatdaman. Qanday mavsum o'tkazganimni hamma ko'rdi, agar u ko'rmagan bo'lsa... – dedi Yamal.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca