"Milan" Endrikni ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 20:00
"Real" hujumchisi Endrik 2027 yilning yanvar oyidagi transfer oynasida "Milan"ning asosiy nishoniga aylanadi, deya xabar bermoqda "Calciomercato".

Manbaga ko'ra, Italiya klubi 20 yoshli braziliyalik futbolchini 2026 yilning yozidayoq safiga qo'shib olishni istagan, biroq "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu bu transferga qatiyan qarshi chiqqan. Endilikda hujumchi yanvarda sotib olish huquqi bilan ijaraga olinishi kutilmoqda.

Hozirgi paytda Endrik jarohatidan tiklanmoqda. 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida forvard ijara asosida "Lion" safida to'p tepdi. U Fransiya jamoasi uchun 21 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 8 ta golli pas uzatgan.

Transfermarkt hujumchining narxini 40 million evroga baholamoqda. Uning "Real" bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato