Rasman: "Neftchi" "Palmeyras" tarbiyalanuvchisini jalb qildi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 18:07
“Neftchi” himoya chizig'ini Braziliya futbol maktabining vakili bilan kuchaytirdi.



“Braziliyalik markaziy himoyachi Mikel Augusto Modesto Rafael dos Santos Farg'ona klubi sharafini himoya qiladi.

23 yoshli Mikel Augusto 2003 yil 20 may kuni Braziliyaning Avare shahrida tug'ilgan. Bo'yi - 1,90 metr. Markaziy himoyachi sifatida harakat qiladigan Mikel jismoniy kuchi, ishonchli himoyasi va maydondagi xarakteri bilan ajralib turadi.

Michel Braziliyaning eng mashhur futbol akademiyalaridan biri - “Palmeyras” tarbiyalanuvchisi.

U klub akademiyasidan boshlab asosiy jamoagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi va “Palmeyras safida Braziliya A Seriyasida maydonga tushdi.

Mikel yoshlar darajasidanoq Braziliya terma jamoalari e'tiborida bo'lgan.

Braziliya terma jamoasi safida O'zbekiston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan.

Bu esa Mikelning xalqaro tajribasi va yuqori darajadagi futbol muhitida shakllanganini yana bir bor ko'rsatadi.

Shuningdek, u 2023 yilda Braziliya U-23 terma jamoasi bilan Panamerika o'yinlarida ishtirok etib, chempionlikni qo'lga kiritgan. Turnir davomida himoyachi 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

🏆 Mikelning faoliyatidagi muhim yutuqlar:
• 🏆 2× Libertadores - Palmeyras
• 🏆 Braziliya A Seriyasi
• 🏆 Braziliya Kubogi
• 🏆 Recopa Sudamericana
• 🏆 Paulista chempionati
• 🥇 Panamerika o'yinlari - Braziliya U-23

Osiyo Elit Chempionlar Ligasi oldidan jamoamiz himoya chizig'iga Braziliya futbol maktabidan yangi kuch qo'shildi”, – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати