

"Biz haqiqatan ham maqsadga juda yaqinmiz. O'ylashimcha, o'tgan yili hammasini mayda detallar hal qildi - biz Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki marta g'olib chiqqan jamoaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgandik. Biz bu mavsumga aynan shu yil bizniki bo'lishi kerak, degan fikr bilan yondashmoqdamiz", – deya 33 yoshli angliyalik futbolchining so'zlarini keltiradi “TNT Sports”.
"Bavariya" 10 sentyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Budyo-Glimt"ni qabul qiladi.



