Uilsher "Luton Taun" bilan sovrin yutdi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2026, 18:30
"Arsenal" sobiq futbolchisi "Luton Taun" boshqaruvidagi birinchi sovrinini qo'lga kiritdi.

Uilsher 2022 yilda faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'zi o'ynagan "Arsenal"da yoshlar jamoalarida murabbiylik qila boshladi. Ammo tez fursatda u yanada jiddiy takliflarni ko'rib chiqa boshladi va 2024 yilda "Norvich Siti" o'tdi.

O'tgan yili u "kanareykalar"ni Angliya futbolining uchinchi divizionida o'ynaydigan "Luton Taun"ga almashtirdi. Va o'tgan dam olish kunlari uning klubi EFL Trophy finalida "Stokport Kaunti"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, sovrin yutib oldi.

Endi ularni boshqa marraga duch kelmoqda: 6 ochkolik farqni yo'qqa chiqarish va pley-offga chiqish, bu ularga Chempionshipda qatnashish imkonini beradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC