"Brunu Krishtianuning eng asosiy ko'rolmaydigan odami". Ronalduning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Brunu Fernandeshga "hujum qilishdi"

19 iyun 2026, 13:20
Portugaliya terma jamoasi sardori va hujumchisi Krishtianu Ronalduning ashaddiy ishqibozlari JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan DR Kongoga qarshi bahsdan (1:1) so'ng milliy terma jamoaning ayrim futbolchilarini, xususan, Brunu Fernandesh va Joau Neveshni ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid ostiga olishdi.

41 yoshli forvardning muxlislari boshqa futbolchilar maydonda unga etarlicha o'ynamayotganini takidlashmoqda.

"Siz Ronalduga pas berishdan qo'rqasizmi?".

"Brunu Krishtianuning eng asosiy ko'rolmaydigan odami".

"Aqldan ozdingmi? Nimalar bo'lyapti o'zi?! To'pni hujumchiga uzat".

"Hurmat ko'rsating. Ronaldu - sizlarning ustozingiz".

Yana bir foydalanuvchi esa jamoadoshlarini Argentina bilan solishtirgan:

"Argentina Messi uchun o'ynaydi. Agar g'alaba qozonishni istasang, Ronaldu uchun o'yna, yigitcha".

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com