"Arsenal" sobiq futbolchisi "Luton Taun"ni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2025
Angliya terma jamoasi va "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsher tez orada "Luton Taun"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, 33 yoshli mutaxassis allaqachon "Luton" rahbariyati bilan kelishuvga erishgan va tez orada Angliyaning uchinchi divizionida qatnashadigan jamoaning yangi murabbiyi sifatida e'lon qilinadi. 

Uilsher ko'plab jarohatlar tufayli 30 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U murabbiylik faoliyatini "Arsenal"ning yoshlar jamoalarida boshlagan. Uning so'nggi ish joyi "Norvich Siti" klubi bo'lgan edi.

"Luton Taun" ayni paytda Angliya Birinchi ligasida 11-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano