Gvardiola: "Xoland va de Bryuyne bir-biriga kerak"

Tolibjon Qosimov
28 fev 2024
Kecha tunda Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Manchester Siti" jamoasi "Luton Taun" mehmoni bo'ldi va 6:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nima deyishim mumkin? O'yin chindan juda yaxshi o'tdi. Erling Xoland zo'r formada, uning Kevin de Bryuyne bilan bog'lami esa ideal bo'ldi. Endi biz chorak finaldamiz. Kevinga Erlingdek futbolchilar kerak, Erlingga esa xuddi Kevin kabi o'yinchi kerak. Lekin, bu barcha futbolchilarning xizmati", - dedi Gvardiola.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BBC