Ueyn Runi: "Manchester Siti"ning "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabani bayram qilishi biroz erta"

Aslanov Jasurbek
20 apr 2026, 22:49
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi afsonasi Ueyn Runi "Manchester Siti" futbolchilarining "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) keyingi hissiyotlarini biroz oshiqcha deb hisoblamoqda.

Yakshanba kuni Pep Gvardiola shogirdlari 33-turning markaziy bahsida londonliklarni mag'lub etib, turnir jadvalidagi farqni 3 ochkogacha qisqartirishdi (zaxirada bitta o'yin bor).

"Ularning reakciyasi biroz oshiqcha bo'ldi. "Siti" uchun oldinda yana oltita o'yin bor va bu shubhasiz katta g'alaba. Shunchaki, menimcha, bunday bayram qilish biroz vaqtli va bu ularga bumerang bo'lib qaytishi mumkin.

"Arsenal" muxlislari hozir o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashi juda muhim. Futbolchilar ham asabiylashishadi, shuning uchun muxlislar jamoaga o'zlarining cheksiz daldasini ko'rsatishlari kerak", - dedi Runi BBC telekanalining "Match of the Day" dasturida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal