Ganalik shaman: "Endi men Xarrini ozod qilaman, u keyingi o'yinda gol ursin. U xafa bo'lmasin"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 19:45
Ganadan kelgan shaman Nana Kvaku Bonsam Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyndan lanatni olib tashlaganini ma'lum qildi.

JCH-2026 da Angliya va Gana o'rtasidagi o'yindan oldin shaman o'z terma jamoasiga yordam berish uchun Keynni lanatlashini aytgan edi. O'yin 0:0 hisobida yakunlandi, uchrashuv so'nggida Keyn darvoza oldi chizig'idan to'pni darvozaga kirita olmadi.

"Men dunyodagi eng qudratli shamanman. Endi men Xarri Keynni ozod qilaman, u Angliya terma jamoasining keyingi o'yinida gol urishi mumkin. U xafa bo'lmasin", - dedi Nana Kvaku Bonsam ijtimoiy tarmoqdagi videoda.

Jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi turida Angliya terma jamoasi Panama bilan, Gana esa Xorvatiya bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star