Mourinyo "Barselona"ga bo'lgan munosabati haqida gapirib berdi

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 16:17
Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Barselona"ga nisbatan o'z munosabati haqida gapirib o'tdi.

"Men "Real"ni yaxshi ko'rishimni inkor etmayman, aynan shu sababli men qaytdim. Ammo "Barselona"ga qarshi hech narsam yo'q - hech qanday salbiy hissiyotlar. Men shunchaki ular bilan o'ynashni yaxshi ko'raman, chunki eng kuchli raqiblarga qarshi kurashishni yoqtiraman. Eng yaxshilar bilan o'ynaganda, o'zing ham kuchayasan", - deya Mourinyo so'zlaridan iqtibos keltiradi Vanity Fair.

Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni portugaliyalik mutaxassis rasman Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2029 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Avvalroq murabbiy ushbu madridlik klubni 2010 yildan 2013 yilgacha ham boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Vanity Fair