

Voqea ikkinchi bo'lim oxirida angliyalik futbolchining Gana himoyachisi Jerom Opokuga qarshi ishlatgan qo'pol podkatidan keyin Keyrushning tanbehi sababli boshlangan.
"U haqoratomuz iboralarni ishlatib, yomon munosabatda bo'ldi, shuning uchun ham bu mojaro boshlandi.
Men unga o'sha podkatdan so'ng xotirjam bo'lishni aytmoqchi edim. Bu ikkinchi sariq yoki qizil kartochka bo'lishi mumkin edi, chunki u mening o'yinchimni oyog'i bilan tepdi.
Shunchaki hissiyotga berilgan lahza. U hayot kitobida bo'lmagan bir so'zni aytdi. Bu olovni biroz yoqib yuborishi mumkin edi. Ammo biz professionallar sifatida darhol to'xtadik. Futbol jasur insonlar uchun, smoking kiyib raqsga tushadiganlar uchun emas", - deya Keyrush so'zlaridan iqtibos keltiradi The Telegraph.
JCH-2026 guruh bosqichining so'nggi turida Angliya Panama (28 iyun), Gana esa Xorvatiya bilan kuch sinashadi.



