Portugaliyalik agent: "O'zbekiston Portugaliyaga qarshi Kolumbiya bilan o'yinga nisbatan ancha yomonroq o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 16:07
Portugaliyalik agent Paulu Barboza JCH-2026 2-turidan o'rin olgan Portugaliya va O'zbekiston (5:0) o'rtasidagi o'yin natijasini izohladi.

"Kecha O'zbekiston Kolumbiyaga nisbatan ancha yomonroq o'ynadi. Bu hayratlanarli, chunki ularda yaxshi jamoa bor. Ammo Portugaliyaga qarshi o'yinning dastlabki 20 daqiqasida O'zbekiston hatto hujumga ham chiqa olmadi, keyinchalik biroz yaxshiroq o'ynay boshlashdi, lekin ular bu jahon chempionatida ko'rsatgan o'yinidan ancha uzoq edi, shuning uchun ham 0:5 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Portugaliya Kongoga nisbatan ancha yaxshiroq o'ynadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Ammo bizning jamoa o'z darajasini oshirishi kerak, chunki oldinda Kolumbiya bor, ayniqsa himoyada yaxshi o'ynash kerak bo'ladi, qolaversa hujumda ham muammolar bor", - dedi Barboza "Chempionat" muxbiri Aleksandr Ershov bilan suhbatda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com