UEFA Balogun bo'yicha rasmiy bayonot berdi

6 iyul 2026, 14:47
UEFAning Belgiya bilan o'yin oldidan Balogunning diskvalifikaciyasi bekor qilinishi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

– Kechagi qaror ruxsat etilgan barcha chegaralardan chiqib ketdi. Futbol, xuddi boshqa har qanday sport turi kabi, halol, shaffof va adolatli raqobatning poydevori bo'lgan qoidalarga asoslanadi.

Bazida qoidalar turlicha talqin qilinishiga yo'l qo'yadi. Ammo ushbu vaziyatda unday emas. Qizil kartochkadan keyingi kamida bitta o'yinlik avtomatik diskvalifikaciya vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishini talab etmaydi. Bu reglamentga kiritilgan princip bo'lib, unga nisbatan istisnolar bo'lishi mumkin emas. Ayniqsa, turnir avjida bo'lib turgan bir paytda, boshqa bir nechta o'yinchilar xuddi shunday vaziyatga tushib, o'z diskvalifikaciyalarini belgilangan tartibda o'tab bo'lgan bir vaqtda bunday qilish mumkin emas.

Futbol - dunyodagi eng ommabop sport turi, chunki u butun dunyoda bir xil qoidalar bo'yicha o'ynaladigan go'zal o'yindir. Biz bunday misli ko'rilmagan, tushunib bo'lmaydigan va asossiz qarordan hayratda ekanimizni bildiramiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com