

"Hozir uchrashib qolganimiz afsuslanarli. Biz deyarli birodar bo'lgan ikki xalqmiz va bu uchrashuv dahshatli final bo'lishi mumkin edi. Luis de la Fuentega nisbatan o'zaro hurmatim baland, jamoalarimizning falsafasi o'xshash. Luis ham, men ham barcha sakkizta o'yinni o'tkazishni xohlaymiz, ammo ertaga ikkimizdan birimiz bu maqsadga erisha olmaymiz.
Ispaniyaga katta hurmat bilan yondashamiz: ularda o'yin haqida aniq tasavvur va ajoyib futbolchilar bor. Biz uchun to'pga egalik qilish va jamoa o'yinini individual mahorat atrofida qurish muhim. Biz bu erga Ispaniya bilan o'yinda o'z eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish va keyingi bosqichga yo'l olish uchun kelganmiz. Bizni ajoyib raqib bilan bahs kutmoqda", - deya Martinesning so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.



