Arda Turan: "Agar kimdir Messi emas, Ronalduni tanlasa, men u bilan futbol haqida gaplashmayman"
Aslanov Jasurbek
2 iyul 2026, 02:03
"Atletiko" va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Shaxtyor" bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Arda Turan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rtasida tanlov qildi.
"Agar kimdir bu savolga "Krishtianu Ronaldu" deb javob bersa, men u bilan futbol haqida gaplashmayman.
Ronaldu – dunyoning eng yaxshi futbolchisi, lekin Messi bu dunyodan emas", – dedi Turan Kafa Sports efirida.