

"Santos"ning 34 yoshli hujumchisi guruh bosqichining dastlabki ikki o'yinini jarohat tufayli o'tkazib yubordi. U Shotlandiyaga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda (3:0) 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
"Neymar yaxshi tiklanmoqda. Oxirgi haftada o'z sport formasini sezilarli darajada yaxshilab oldi. U biz bilan doimo birga mashg'ulot o'tkaza olmagani achinarli.
Albatta, u 15 daqiqadan ko'proq o'ynashi mumkin. Bu ko'p jihatdan o'yinning borishiga bog'liq bo'ladi", - deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltiradi Globo.
Braziliya - Yaponiya uchrashuvi 29 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.



