

- Angliya darvozasi oldida nimalar bo'lyapti? U yerda qandaydir xavotir bordek go'yo (intervyu Henderson jarohat olgan vaqtda olingan).
- Ha… Xendo ham, Ben ham o'sha yerda. Menimcha, hammasi joyida, shunchaki vaziyatni tushunib, oldinga harakat qilishga urinishyapti.
- O'yinning o'zi haqida gapiradigan bo'lsak - u sening ovozingni ham "olib qo'ygan" ko'rinadi. Bu qanday bo'ldi?
- Ha, bu haqiqatan ham aqldan ozish darajasidagi o'yin bo'ldi. Biz chindan ham kurashishimiz, mana shularning barchasini engib o'tishimizga to'go'ri keldi… Hozir turibman-u, deyarli gapira olmayapman.
- Sizni eng ko'p quvontirgan narsa jamoaning irodasi bo'ldimi? Va penalti bilan bog'liq vaziyat - bunga nima deysan?
- Menga birinchi bo'lib to'pga o'ynagandek tuyuldi. Bugun hakam bizning zararimizga ko'p qarorlar chiqargan kunlardan biri bo'ldi. Lekin yakunda buning ahamiyati qolmadi, shuning uchun xursandman.
- Bu Angliyaga keyingi bosqich uchun nima beradi? Oldinda Mayamida Norvegiyaga qarshi chorak final kutmoqda.
- Ularga bir qarang… Ishonchi bo'lmagan darajadagi qo'llab-quvvatlash, shunchaki dahshat. Xudoyim, men hatto gapira olmay qoldim, - dedi Keyn flesh-zonada.



