

"Pedri - haqiqiy sehrgar, maestro. Uning barcha harakatlari yuqori darajadagi mahorat, istedod va texnikaga asoslangan.
Maktabda bir ustozim shunday derdi: "Haqiqiy texnika va istedod - eng qiyin ishlarni xuddi juda osondek bajara olish qobiliyatidir". Menimcha, bu tarif Pedriga juda mos keladi.
U aql bovar qilmas darajada qiyin harakatlarni xuddi oddiy ishdek bajaradi. Bunday iqtidor juda kam futbolchilarda uchraydi.
Pedri maydonda hayratlanarli darajada engil harakat qiladi va boshqalar ko'ra olmaydigan uzatish yo'llarini ko'ra biladi. Aynan shu xususiyatlar haqiqiy daholarni ajratib turadi", - dedi de la Fuente.
22 yoshli Pedri so'nggi yillarda ham "Barselona", ham Ispaniya terma jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylandi.
Ispaniya terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida 6 iyul oqshomidaPortugaliyaga qarshi maydonga tushadi.



