Tuxel Angliya terma jamoasining JCHdagi birinchi o'yini oldidan maydon holatidan xavotirda

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2026, 12:30
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Tampadagi stadionda uning jamoasi mundial ilk tur o'yinini o'tkazadigan maydon holatidan xavotirda ekanligini bildirdi.

"Daily Mail" fotomuxbirlari maysaning suratlarini chop etdi. Ular taxminan 1 hafta oldin yotqizilgan va idealdan yiroq ekanligi ko'zga tashlangan. Tuxel buni ko'rganida biroz xavotirga tushganini tan oldi, ammo hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilmoqda:

"Men buni hozirgina ko'rdim. Bu mening tarkib tanlashimga ta’sir qilmaydi. Hammasi yaxshi bo'lishi haqida eshitdim.

Hamkasbingizning fotosuratini ko'rdim, bu meni biroz xavotirga soldi. Lekin biz u erga yetib borganimizda, vaziyatga munosabat bildirishimiz mumkin", – dedi Tuxel.

Eslatib o'tamiz, Angliya Tampadagi stadionda Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail