"Navbahor" Kati bilan xayrlashdi

17 iyun 2026, 17:35
"Navbahor" yozgi transfer oynasi vaqtida legioner hujumchisi Katulondi Kati bilan xayrlashdi.

"Ikkinchi davraga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz safida bir qator o'zgarishlar amalga oshishi kutilmoqda. Jumladan, mavsum avvalida jamoamiz safiga Kongo DRdan kelib qo'shilgan hujumchi Katulondi Kati bilan ikki tomonning kelishuviga ko'ra, do'stona xayrlashildi.

Katulondi Kati jamoamiz safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 550 daqiqa harakat qilib, bitta gol urdi hamda ikki marta ogohlantirildi.

Biz Katulondi Katiga jamoamiz safida o'tkazgan o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirib,  uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyilgan namanganliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: @fcnavbahor