Tonali jamoasini o'zgartirishga tayyor!

26 iyun 2026, 01:53
Agar londonliklar "Nyukasl" bilan kelishuvga erisha olsa, Sandro Tonali "Tottenxem"ga o'tishga tayyor.

Bu haqda Sky Sports xabar berdi. Manba ma'lumotiga ko'ra, italiyalik yarim himoyachi Roberto De Dzerbi qo'l ostida ishlashga qiziqmoqda. Uning uchun haftasiga 275 ming funt sterlingdan ortiq maosh ko'zda tutilgan shartnoma ham tayyorlab qo'yilgan.

Ayni paytda klublar 26 yoshli futbolchining transfer narxi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Nyukasl" "Tottenhem"ning qariyb 80 million funtlik dastlabki taklifini rad etgan.

Avvalroq "qarg'alar" Tonali uchun taxminan 100 million funt sterling talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports