Xulian Alvares Madrid derbisida maydonga tushadimi?

Administrator
19 sen 2026, 18:12
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone argentinalik hujumchi Xulian Alvares La Liganing bo'lajak 7-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.

Bahs yakshanba, 20 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

"U biz bilan bo'ladi. Asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shiladimi, buni hal qilamiz", - dedi Simeone so'zlarini keltiradi AS nashri.

Alvares mushaklaridagi muammolar sabab "Atletiko"ning o'tgan ikkita o'yinini o'tkazib yuborgan edi. 26 yoshli hujumchi juma, 18 sentyabr kuni jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.

La Liganing oltita turidan so'ng "Atletiko" 13 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, 15 ochko jamg'argan "Real" uchinchi pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: As