

Ushbu masala uch hafta oldin Monakoda o'tkazilgan Yevropa futbol klublari (EFC, sobiq ECA) kengashi yig'ilishida muhokama qilingan. Ayrim klublar yuristlarga mumkin bo'lgan cheklov variantlarini o'rganib chiqishni taklif etgan, biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilingani yo'q. EFC agentlik to'lovlarini cheklash bo'yicha Yevropa sudining qarorini kutmoqda.
Transfer xarajatlari, maoshlar va agentlik komissiyalarining muttasil oshishi klublarni chiqimlarni jilovlash yo'llarini izlashga majbur qilmoqda.
“Pullarning katta qismi futbolchilar va agentlarga ketmoqda, bu summalar esa o'sishda davom etyapti. Oqibatda muxlislar - qimmatroq chiptalar, TV-obunalar va klub liboslarini sotib olishga majbur bo'lishadi”, - deydi manba.



