

Bu haqda jurnalist Datchi Bouen xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, nemis futbolchisining xizmatlari "Manchester Yunayted”ga taklif qilingan. "Zag'chalar" o'z futbolchisini 80 mln evroga sotishga tayyor. "Nyukasl" hujumchini o'tgan yozda "Shtutgart"dan 75 million evroga sotib olgan edi.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Voltamadening transferi bo'yicha qarorni Joshua Zirkzeening kelajagini hal qilganidan keyingina qabul qiladi.



