"Manchester Siti" va APLning yana ikki klubi Baenani kuzatmoqda

5 sen 2026, 13:10
"Atletiko Madrid" vingeri Aleks Baena "Manchester Siti" va Angliya Premer-ligasining boshqa vakillari e'tiboriga tushdi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Manchester Siti”, "Nyukasl" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq, “matraschilar” Baenani sotishni rejalashtirmayapti, shuning uchun yanvar oyida bitim juda murakkab hisoblanadi.

Ammo, manba ma'lumotlariga ko'ra, yuqorida sanab o'tilgan barcha klublar hech bo'lmaganda o'z omadini sinab ko'rishga harakat qiladi. Muzokaralar yanvar oyida boshlanishi va transfer faqat kelasi yozda amalga oshirilishi ehtimoldan xoli emas.

Baena Ispaniya La Ligasining yangi mavsumida uchta o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Caught Offside