

Ayni damda 45 yoshli mutaxassisga "qizil iblislar" qarorgohidagi ishi kafolatlangan. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklarning sport direktori Jeyson Uilkoks Kerrikning klubdagi kelajagini hal qilish vakolatiga ega va u barqarorlik tarafdori hisoblanadi.
16 sentyabr kuni "Manchester Yunayted" Liga kubogining 1/16 final bahsida "Brayton"ga mag'lub bo'ldi (2:3). Uchrashuv davomida Kerrik shogirdlari 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. Angliya chempionatining to'rtta turidan so'ng "qizil iblislar" to'rt ochko jamg'arib, 13-o'rinni egallab turishibdi.



