Deku "Barselona" nima uchun Reshford o'rniga Gordonni tanlaganini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2026, 19:10
"Barselona" sport direktori Deku 2025 yilning yozida o'tgan mavsumni kataloniyaliklar safida ijarada o'tkazgan Markus Reshfordning transfer huquqini sotib olish o'rniga nima sababdan "Nyukasl"dan Entoni Gordon bilan shartnoma imzolanganiga izoh berdi.
2.jpg

"Biz Reshforddan juda minnatdormiz. O'tgan mavsum u jamoaga katta hissa qo'shdi. Biroq bizning o'yin uslubimiz ko'proq Entoniga mos keladi. Uning uslubi murabbiy ko'rishni istagan talablarga to'liq javob beradi.

Gordon timsolida biz aynan o'zimizga kerak bo'lgan o'yinchini ko'rdik. Rafinya maydonga tushmaganida jamoa energiyani yo'qotardi va Gordon orqali bu muammoni hal qilishimiz mumkin edi. Biz nimani qidirayotganimiz haqida aniq tasavvurga ega edik. Bizga ko'proq shiddat kerak bo'ldi.

Juda ko'p vingerlarni tahlil qildik. Premer-ligadan o'yinchi olib kelish deyarli imkonsiz, ammo Flik nima istayotganini aniq bilar edi va shundan so'ng biz ushbu bitim ustida ishladik", – dedi Deku.

25 yoshli angliyalik futbolchi ushbu mavsum barcha turnirlarda 5 ta o'yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC