

Superliga
22-tur
"Mashal" - "Paxtakor"
G'uzor. “Sho'rtan” stadioni. 18:00
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
To'rtinchi hakam: Sardor Salohiddinov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Diyor Xotamqulov
"Mashal": 25.Samandar Jo'rabekov, 2.Zafar Akramov, 5.Komiljon Tojiddinov, 8.Sardor Abduraimov, 13.Nuriddin Nuriddinov, 28.Ergash Ismoilov, 67.Og'abek Abdirahimov, 70.Azizbek Choriev, 72.Normurod Ko'charov, 88.Ahrorbek Rahimov, 99.Boburjon Asqarov.
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 9.Ibrohim G'anixonov, 10.Humoyun Murtozaev, 22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 24.Ifeani Ifeani, 27.Doniyor Narzullaev, 36.Javohir Abdulazizov, 63.Pavel Bureev, 76.Firdao's Jovliev.
"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Murtazo Puraliganji, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 29.Ayman Hussayn, 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 6.Sardor Mirqobilov, 9.Ibrohim Ibragimov, 17.Dostonbek Hamdamov, 44.Diyor Ermanov, 77.Oybek Bozorov, 77.Dilshod Saitov, 90.Stefan Chinedu.
Ogohlantirishlar: Ergash Ismoilov (6), Ahrorbek Rahimov (34).
Chetlatish: Murtazo Puraliganji (10).
38. VAR Ayman Hussayn bilan bog'liq vaziyatni ko'rib chiqdi va hammasi joyidaligini bildirdi.
37. Zarbaa! Nasrullaevning olisdan bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.
34. Rahimov Bo'rievni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi.
32. Resan chap qanot orqali jaria maydonchasi ichiga yorib kirdi, ammo yakunda to'p maydondan chiqib ketdi.
29. Nuriddinov to'pni egallab olib, birga-bir holatga chiqib borayotgan bir paytda Quvvatov o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib to'pni tepib yubordi.
26. “Paxtakor” bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng Akmal Mozgovoy markaziy himoyaga qaytib oldi.
23. Uuux! Ismoilovning yaxshi o'ylangan uzatmasiga sheriklari ulgurmay qoldi.
21. Mozgovoy Tojiddinovga nisbatan qo'pol harakat qildi, hakam uni og'zaki ogohlantirdi.
20. Hussaynning zarbasidan keyin himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
18. Uuux! Bashar Resanning Ayman tomon qulay pasidan keyin Akramov o'z vaqtida to'p yo'liga g'ov bo'ldi. Aks holda Hussayn zarba poziciyasida edi…
15. “Mashal” to'pga egalik qilgan holda hujum qilishga shaylanmoqda.
10. Puraliganji Ko'charovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va maydondan chetlatildi!
10. Flamarionning pasidan so'ng Hussayn to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi, natijada mezbonlar to'pni olib qo'yishdi.
8. Abdumajidovning Hussayn tomon uzun pasidan keyin Jo'rabekov to'pga ega chiqdi.
6. Ismoilov maydon markazida Alijonovga nisbatan jiddiz tarzda qoidani buzdi va ogohlantirildi.
4. Zarba! Resanning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Flamarion bosh bilan darvozaga yo'naltirishga urindi, noaniq.
3. Nasrullaev narigi qanotdagi Flamarionni to'p bilan taminladi, braziliyalik yarim himoyachining uzatmasi yo'liga esa himoyachilar g'ov bo'lishdi.
1. O'yin boshlandi!



