Tojikiston Superkubogi. “Istiqlol” – “Xo'jand” bahsi muxlislarsiz o'tdi, gollardan biri esa o'zbekistonlik futbolchi hisobiga yozildi

Eldor Akmurzayev
4 apr 2020
Tojikiston Superkubogi uchun uchrashuvda mamlakatning amaldagi titul va kubok sohibi “Istiqlol” chempionatning vice-chempioni “Xo'jand” klubiga qarshi to'qnash keldi.

Uchrashuv Dushanbedagi “Respublika Markaziy” o'yingohida tomoshabinlarsiz o'tkazildi.

Bahsdagi hisob esa 2-daqiqadayoq xo'jandliklar safida harakat qilayotgan o'zbekistonlik hujumchi Sanjar Rixsiboev tomonidan ochildi. 2-taymda esa Munachehr Jalilov hamda Muhammadjon Rahimov raqib darvozasini ishg'ol etib, “Istiqlol”ga g'alaba keltirishdi.

“Xo'jand” safida o'zbekistonlik futbolchilardan Mamur Ikramov darvozani qo'riqlagan bo'lsa, Siroj Xamroev hamda Andrey Sidirov ham maydonda harakat qilishdi.

Shu tariqa, poytaxtlar qatorasiga uchinchi yil Superkubok egasiga aylanishdi. Ular hisobidagi titullar soni esa 9taga etdi.

Istiklol – Xo'jand – 2:1

“Respublika Markaziy” o'yingohi

Gollar: Sanjar Rixsiboev, 2 (0:1). Manuchexr Jalilov, 78 (1:1). Muxammadjon Raximov, 80 (2:1).

Istiklol (Dushanbe): Rustam Yatimov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Juraboev, Aleksey Larin, Marko Milich, Iskandar Jalilov (Muxammajon Raximov, 58), Viktor Svejov, Exsoni Pandjshanbe, Alisher Jalilov (Rustam Soirov, 76), Sheriddin Boboev (Vaxit Orazsaxedov, 58), Manuchexr Jalilov.

Xo'jand (Xo'jand): Mamur Ikramov, Manuchexr Safarov, Komron Mirzonajod, Baxtiyor Choriev (Muxammadsharifi Saidxo'ja, 76), Dilshod Bozorov, Oybek Abdug'afforov, Xurshed Beknazarov, Siroj Xamroev, Firdavs Chakalov (Alisher Barotov, 76), Sanjar Rixsiboev (Fatxullo Fatxulloev, 64), Abdulmumin Zabirov (Andrey Sidirov, 84). 

Ogohlantirishlar: Exsoni Pandjshanbe (Istiklol), Firdavs Chakalov, Rustam Xo'jaev (Xudjand).

O'yinning eng yaxshi futbolchisi: Manuchexr Jalilov (Istiklol).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia