The Athletic: Tonali “Manchester Siti”ning yangilangan yarim himoyasiga mos tushishi mumkin

23 iyun 2026, 17:10
The Athletic'ning yangi Transfer DealSheet sonida “Manchester Siti”ning ehtimoliy transfer rejalari haqida katta yangiliklar berilmagan bo'lsa-da, jurnalist Sem Li Sandro Tonalining jamoaga qanday moslashishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Lining takidlashicha, Tonalining yuqori ish hajmi, energiyasi va maydon markazidagi faolligi “Siti” uchun foydali bo'lishi mumkin. Ayniqsa, Pep Gvardioladan farqli ravishda Enso Mareska ko'proq energiya talab qiladigan futbol uslubiga tayanishi kutilayotgani inobatga olinsa, bunday profilga ega yarim himoyachi jamoa uchun muhim rol o'ynashi mumkin.

Maqolada Tonali va Elliot Anderson juftligi Mareska qo'l ostidagi “Chelsi”da Moyzes Kaysedo va Enso Fernandes tandemi bajarayotgan vazifalarga ma'lum manoda o'xshash bo'lishi mumkinligi qayd etiladi.

Shu bois, gap aynan Tonali transferi haqida ketmayotgan taqdirda ham, “Manchester Siti” Mareska davrida Rodri tipidagi klassik pleymeyker tayanch yarim himoyachisidan bosqichma-bosqich voz kechib, ko'proq harakatchan, intensiv va ikki tomonlama ishlaydigan yarim himoyachilarga urg'u berishi mumkin degan taxmin paydo bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic