"Tottenxem" yana bir futbolchiga 100 mln. evro sarflamoqchi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2026, 19:24
"Tottenxem" Tonali uchun 100 million evrodan ortiq mablag' taklif qildi.

"Tottenxem" Sandro Tonali transferi bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi.

Janluka Di Marcio xabariga ko'ra, London klubi "Nyukasl" yarim himoyachisining transferi uchun 100 million evrodan sal ko'proq mablag' taklif qilgan. Hozirda "shporlar" "qarg'alar"dan javob kutishmoqda.

O'tgan mavsum APLda Tonali 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Oldiroq, “Tottenxem” “Vest Xem” futbolchisi Mateush Fernandesh uchun 99 mln. evro to'layotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com