

Italiyalik yarim himoyachi taklifining asosiy tarafdorlaridan biri "shporlar" bosh murabbiyi Roberto de Zerbi hisoblanadi.
"Nyukasl" 26 yoshli futbolchini faqat jiddiy kompensaciya evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Klub ehtimoliy transferni taxminan 105 million evroga baholamoqda. Tonalining "zag'izg'onlar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Shu bilan birga, "Tottenxem" futbolchi uchun boshqa da'vogarlar bilan raqobatlashishi kerak bo'ladi. Avvalroq yarim himoyachiga "Arsenal" qiziqish bildirgandi.



