

Xolmirzabek Boymirzaev: “Yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. “G'azalkent”ni tabriklayman. To'g'ri o'yinga keldik, yigitlarda dam olish uchun imkonit bo'lmadi. Futbolchilarda charchoq bordek tuyildi”.
- “TerDU” mashg'ulotlar o'tkazyaptimi?
- Ha bo'lyapti, faqat mahalliy yigitlar uchun. Jamoa boshqa hududlarda yashaydigan futbolchilarga yo'lkira pulini ham qilib bera olmayapti. Moliyaviy ahvolimiz juda og'ir. Bu erga kelishimizni “G'azalkent” moliyalashtirdi. 10 mln. so'm o'tkazib berishdi, “ujin”ni ham “G'azalkent” olib berdi.
- “TerDU” Birinchi ligaga tushib ketishi deyarli aniq bo'lgan. Jamoa Birinchi ligada faoliyatini davom ettiradimi?
- Xabarim yo'q. Men Eldor Boymatovning yordamchisiman, murabbiyni mazasi yo'qligi sabab uning o'rnidaman. O'tgan yili Birinchi liga uchun ikkinchi davraga 1,5 mlrd so'm ajratilgan ekan. Bu yil ikki davra uchun 1 mlrd. so'mdan ortiq pul bermaymiz deyishgan ekan. Bu mablag' yo'lkiraning o'ziga kyetib qoladi. Hali yigitlarning maoshi bor. Futbolchilarga hech narsa deya olmayman, o'ynayotgani uchun rahmat ulargan.
- Mavsumni oxiriga etkazib qo'ya olasizlarmi?
- Uddalasak kerak.
- Bosh murabbiyni kasal dedingiz. Shtabning qolgan a'zolarchi?
- Shifokor va boshqalar huddi mendek. Olgan bo'lsa 3 mln. so'm olgan, ularning ham bola-chaqasi bor. Moliyaviy holatimiz og'irligi sabab ular ham kelishmayapti. Yaxshi bo'lib qolar…
- Ikki davra uchun 1 mlrd so'm berildi dedingiz. Mavsum boshida “smetada” boshqa summa ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Pulni universitet bermayaptimi yoki homiylar yo'q bo'lib qoldimi?
- Pul universitet tomonidan berilmayapti. “Smeta” tasdiqlangan, lekin 1 mlrd so'm Birinchi liga jamoasiga ham yetmaydi. “Quloqlar” biz haqimizda rahbariyatga noto'g'ri ma'lumotlar berayotganga o'xshaydi. Shu sabablimi deb o'ylayman.
- Masalan qanday ma'lumotlar?
- Negativ gaplar. “Yaxshi yigitlarni olmadi…” Shunga o'xshash gaplar.


