Xolmirzabek Boymirzaev: "Futbolchilarimiz ko'rsatgan o'yin menga yoqdi"

12 sen 2026, 21:43
Proliga 19-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "TerDU" uchrashuvidan so'ng "TerDU" darvozabonlar murabbiyi Xolmirzabek Boymirzaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. "Sho'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz ham harakat qildik, lekin rejalarimiz o'xshamadi.

- Ikkinchi taymda futbolchingiz qizil kartochka oldi. O'sha vaziyatga qanday qaraysiz?

- O'sha vaziyatda futbolchimiz qizishib ketdi va buning oqibatida qizil kartochka oldi. Maqsadimiz gol urib muvozanatni tiklash edi. Faqat oldinga harakat qilishimiz kerakligi bois himoyani e'tiborga olmadik. Shu bois hujumchilarni maydonga tushirdik. Futbolchilarimiz ko'rsatgan o'yin menga yoqdi.

- Murabbiylar shtabidan faqat o'zingiz joy olgansiz. Sizga qiyin bo'lmayaptimi?

- Qiyin bo'lyapti. Yordamchilar bor, lekin moliyaviy jihatdan qiyin bo'layotgani uchun o'zimiz bilan olib ketmayapmiz. Baribir gap aylanib moliyaga taqaldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia