Ispaniyada futbol mavsumi Kanar orollarida davom ettirilishi mumkin

Alisher
9 apr 2020, 10:44
Tenerife mehmonxonalar uyushmasi Ispaniya futbol federatsiyasi va La Ligaga qiziqarli taklif bilan chiqdi.

Assotsiatsiya prezidenti Xorxe Marichalning so'zlariga ko'ra, Tenerefi va Kanar orollari arxipelagiga kiruvchi boshqa orollar chempionatning birinchi va ikkinchi divizionlarini qabul qilishga tayyor.

Koronavirus pandemiyasi paytida ular sezilarli tarzda izolyaciya qilingan va u yerda epidemiologik holat saqlanib qolmoqda.

Bundan tashqari, Marichal Kanar orollari turistlar uchun mashhur joy ekanligini va Ispaniyaning birinchi va ikkinchi divizionidagi barcha, 42ta jamoani sig'dira oladigan infrastrukturaga ega ekanlini aytdi.


AlisherMuallif
Manba: dailyrecord.co.uk