

Uchrashuv 2:2 hisobi qayd etilayotgan vaqtda to'xtatilgan.
90+7-daqiqada mehmonlar darvozaboni maydon markazida uzoqdan uzatilgan to'pni egallab, birga-bir vaziyatga chiqib ketishiga to'sqinlik qilish maqsadida hujumchini yiqitib yubordi. Golkiper to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi, forvard esa maydonda yotib qoldi. Bir necha soniyadan so'ng boshqa o'yinchilar uning hushini yo'qotganini payqashdi. De Migel zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi va uning hayoti saqlab qolindi. Shifokorlar futbolchiga tezkor tibbiy yordam ko'rsatishdi. Hozirda o'yinchi reanimaciya bo'limida hushsiz holatda yotgan bo'lsa-da, biroq mustaqil nafas olmoqda.



