

Uning ma'lum qilishicha, francuz yarim himoyachisining "Old Trafford"ga ko'chib o'tishi hech qachon amaliy bosqichga yaqinlashmagan.
Bunga ikki asosiy omil sabab bo'lgan:
"Real Madrid" Tchuameni bilan xayrlashish variantini jiddiy ko'rib chiqmagan;
futbolchining yuqori maoshi "Manchester Yunayted" uchun bitimni amalga oshirishni qiyinlashtirgan.
Avvalroq ayrim OAVlarda "Manchester Yunayted" Tchuameniga jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Fabricio Romano bu mish-mishlarni rad etib, transfer hech qachon real bosqichga etmaganini ta'kidladi.



