

O'zbekiston Professional futbol ligasi ishchi guruhi qurilish va ta'mirlash jarayonlarini o'rganib, stadionda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tavsiyalar bergan edi.
Bugun esa PFL ishchi guruhi Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurib, “Lochin” jamoasining uy uchrashuvlarini o'tkazishi rejalashtirilgan stadionning bugungi holatini ko'zdan kechirdi.





O'rganish davomida stadionning futbol uchrashuvlarini o'tkazish uchun yaratilgan sharoitlari, futbol maydoni, tribunalar, yoritish tizimi, elektron tablo, xizmat va yordamchi xonalar, jamoalar uchun yaratilgan infratuzilma bilan tanishildi. PFL ishchi guruhi tashrif davomida stadionning Liga talablariga muvofiqligini o'rganib chiqdi.
Stadionda boshqa zarur sharoitlar tayyor holatga keltirilgan. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan o'yingoh, jamoalarning mashg'ulot va jismoniy tayyorgarlik ishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan.





